AsosiyJamiyat

"Biz ko`chirishimiz emas, yaratishimiz kerak..."

'"Biz ko`chirishimiz emas, yaratishimiz kerak..."'ning rasmi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali talabalari Abduqodir Toshqulov bilan muloqot qilib, muammolarini tilga oldi.

Ayni kunlarda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan oliy ta`lim muassasalaridagi ta`lim sifati va samaradorligi bilan bog`liq jarayonlar tanqidiy, tahliliy o`rganilmoqda.

Ishchi guruh xozirda Sirdaryo viloyatida bo`lib turibti.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov Sirdaryo viloyatidagi ta`lim muassasalarini o`rganish davomida talabalar bilan ham uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar, o`ylantirayotgan masalalar yuzasidan  muloqotlar olib bormoqda.

Xususan, kecha vazir Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali talabalari ham uchrashuv o`tkazdi.

"Hozir talabalarni ko`proq qiynayotgan masala yotoqxona bo`lib qolmoqda. Chunki uzoq viloyatlardan keluvchilar ko`p",-deya  vazirga murojaat etdi institut talabasi.

Shundan so`ng, u Abduqodir Toshqulovga ta`lim bo`yicha o`z taklifini ham bildirib o`tdi.

"Qo`shma dasturlarni yo`lga qo`yib bersangiz. Biz amaliyotni ko`proq chet elda o`tashni xohlardik. Biz ko`chirishimiz emas, yaratishimiz kerak. Lekin hozir bunga ko`nikma va imkoniyatimiz yo`q".

Abduqodir Toshqulov ushbu savol va takliflarni aniq va tiniq ekanidan quvonib, talablar kutgan javobni berdi.

"Keyingi o`quv yilidan albatta qilib beramiz. Bu uchun o`zingiz ham harakat qilishingiz kerak. Tilni chuqur o`rganishingiz kerak",-deydi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 2 ta oliy ta`lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.

    Boshqa yangiliklar