So`nggi bir hafta ichida Rossiyada "Covid-19" bilan shifoxonaga yotqizilganlar soni 30 foizga oshdi. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga tayanib "Euronews" xabar bermoqda.
Vazirning so`zlariga ko`ra, ayni vaqtda shifoxonalarda 177 ming kishi davolanmoqda.
Murashko deyarli 12 ming bola kasalxonada yotganini aytib, bu yosh guruhidagi kasalxonaga yotqizilganlar soni ham bir hafta ichida deyarli 30 foizni tashkil etganini ta`kidladi.
Anna Popovaning so`zlariga ko`ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat hozircha “barqaror bo`lmayapti”. Popova ta`kidlaganidek, hududlarda ko`rilayotgan chora-tadbirlar "mutlaqo zarur va etarli".
Shuningdek, Moskvada bir hafta ichida koronavirus bilan kasallanish 6 foizga kamaygan, ammo shifoxonaga yotqizilganlar soni ortgan.






