AsosiyJamiyat

“Ayrim” rahbarlarning ma`naviyatsizligi va saviyasizligi kechirib bo`lmas xatoni yuzaga keltirdi — Shuhratbek Abdurahmonov Marhamatda o`qituvchilarning ota-onalardan bosh egib kechirim so`ragani haqida

'“Ayrim” rahbarlarning ma`naviyatsizligi va saviyasizligi kechirib bo`lmas xatoni yuzaga keltirdi — Shuhratbek Abdurahmonov Marhamatda o`qituvchilarning ota-onalardan bosh egib kechirim so`ragani haqida'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o`qituvchilar o`quv muassasada ta`lim sifati, o`quvchilarning oliygohlarga kirish ko`rsatkichi pastligi uchun ota-onalar oldida tik turib kechirim so`rashga majbur qilingani haqida xabarlar va o`qituvchilarning maktab faollar zali sahnasida bosh egib turgani aks etgan surat tarqaldi. Holat jamoatchilik tomonidan muhokama va e`tirozlarga sabab bo`lmoqda.

Sal avval Xalq ta`limi vaziri ham ushbu holatni keskin qoralab, munosabat bildirdi. Ayni paytda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov holat yuzasidan jamoatchilikka va ustozlarga murojaat bilan chiqdi. 

"Bugun jamoatchilik vakillari orasida ko`plab muhokamalarga va e`tirozlarga sabab bo`layotgan holat, ustoz - murabbiylarimizning sha`ni va kadr-qimmatini obro`sizlantirishga qaratilgan harakat ekanligini ko`rish mumkin.  

Bu bilan ustozlarimizga bo`lgan e`tibor Davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan ayni davrda “ayrim” rahbarlarning ma`naviyatsizligi va saviyasizligi kechirib bo`lmas xatoni yuzaga keltirdi.

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Men Andijon viloyati hokimi sifatida mazkur holatni o`z nazoratimga olib, meni boshchiligimda alohida ishchi guruh tuzildi.  

Aytib o`tish joizki, ushbu xatoga yo`l qo`ygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko`rilishini ta`minlayman.

Andijonda hech bir ustoz va murabbiylarimiz bunday holatga tushishlariga yo`l qo`ymayman, zero sizning oldingizda sharafli mehnatingizni qadrlagan holda ta`zimdamiz", - deyiladi hokim murojaatida.

 

    Boshqa yangiliklar