AsosiyJamiyat

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillarining anjumani boshlandi

'Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillarining anjumani boshlandi'ning rasmi

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillari ishchi guruhining 16-yig`ilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Xalqaro tadbir ishtirokchilari o`zbek va boshqa turkiy xalqlarning atoqli namoyandasi, shoir, mutafakkir va davlat arbobi, Sharqda “Nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug`langan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan buyuk bobokalonimizning Samarqand shahridagi haykalini ziyorat qilib, uning poyiga gul qo`ydi.

- Turkiy xalqlarning ulug` shoiri haykalini ziyorat qilish kishiga  g`urur bag`ishlaydi. Bugun tavallud sanasining 581 yilligi nishonlanayotgan mutafakkir bizga buyuklikdan so`zlayotganga o`xshaydi. Adabiyot va  madaniyat xalqlarni birlashtiradi. O`zbek xalqi bilan birgalikda Alisher Navoiy tavalludining nishonlash marosimida qatnashganimizdan xursandmiz, - dedi Qirg`iziston turizm departamenti direktor o`rinbosari K.Kenzhematova.

Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va O`zbekiston delegasiyalari bevosita, Turkmaniston va Vengriya vakillari esa onlayn shaklda qatnashmoqda.

    Boshqa yangiliklar