AsosiyJamiyat

Endilikda kooperasiya usulida go`sht va sut mahsulotlarini etishtiruvchilarga kompensasiya beriladi

'Endilikda kooperasiya usulida go`sht va sut mahsulotlarini etishtiruvchilarga kompensasiya beriladi'ning rasmi

“Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–121-son, 08.02.2022 y.) qabul qilindi.

2022–2024 yillarda 310 ta paxta-to`qimachilik, g`allachilik va sholichilik klasterlarining chorvachilik komplekslarida 751 916 bosh qoramol etishtiriladi. 

2022–2023 yillarda har bir tumanda kamida 1 tadan go`sht va sut etishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar aholiga kooperasiya usulida chorva etkazib beradi, etishtirilgan mahsulotlar qayta ishlab sotiladi.

Qarorga muvofiq, kooperasiya usulida go`sht va sut etishtirish va qayta ishlashni yo`lga qo`ygan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga chorvachilik yo`nalishida:

  • ajratiladigan 20 milliard so`mgacha kreditlar bo`yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foizidan ko`p bo`lmagan qismiga kompensasiya hamda kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;
  • jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag`lari 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi.

2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrgacha:

QQS to`lovchisi bo`lgan chorvachilik xo`jaliklariga – o`z xo`jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperasiya usulida etishtirilib, go`sht uchun realizasiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 000 so`mdan 4 000 so`mga hamda sutning har bir litri uchun 200 so`mdan 400 so`mga oshiriladi;

chorvachilik xo`jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo`jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi respublika byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

ozuqa ekin er maydonlarida yomg`irlatib va tomchilatib sug`orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo`jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so`m miqdoridasubsidiya ajratiladi;

gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa etishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda, mazkur uskuna qiymatining 100million so`mdan oshmagan qismi qoplanadi.

Tegishli ro`yxat bo`yicha xorijdan olib kelinadigan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ozuqa ekinlarini ekish, yig`ish va ozuqa tayyorlash qishloq xo`jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025 yil 1 martgacha bojxona to`lovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) va utilizasiya yig`imidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlar QQSni 180 kungacha kechiktirib to`lashi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar