Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 2022 yil 9 fevral kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, "Bunyodkor shoh" hamda "Qatortol-2" ko`chalari kesishgan chorrahada YPX xodimi A.Botirov tirbanliklarni bartaraf qilish maqsadida ishoralar orqali xizmat olib borayotgan vaqtda "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi uning ishorasiga rioya qilmagan.
Haydovchi yo`l o`rtasida to`xtab turli xatti-harakatlar bilan xodimning xizmat faoliyatiga halaqit bergan. Shundan so`ng, xodim va haydovchi o`rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan. YPX xodimi chorrahada vaziyat hamda tirbandlik keskinlashuvining oldini olish maqsadida aloqa vositasi orqali yordam chaqirgan. Voqea joyiga qo`shimcha yordamchi xodimlar kelib holat rasmiylashtirilgan. Hozirda surishtiruv davom etmoqda.






