AsosiyJinoyat

Chinoz tumani hokimining birinchi o`rinbosari 40 ming dollar pora bilan ushlandi

'Chinoz tumani hokimining birinchi o`rinbosari 40 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi birinchi o`rinbosari 40 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov Darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Ma`lumotda aytilishicha, Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo`yicha birinchi o`rinbosari Oqqo`rg`on tumanida joylashgan fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan sug`oriladigan 35 gektar er maydonini sotish va hujjatlarni tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga kelishilgan 90 ming AQSh dollaridan 40 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Hozirda gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar