AQSh senati nomzodi ilgari surilganidan keyin olti oy o`tib, Emi Gutmanni mamlakatning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tasdiqladi.
Nemis axborot agentligi — Tagesschau ma`lumotiga ko`ra, 72 yoshli Gutmann AQShning Germaniyadagi ilk ayol elchisi bo`ladi.
54 senator uni yoqlab ovoz bergan, 42 senator unga qarshi va to`rt nafar senator betaraf bo`lgan.
Yangi elchi o`z lavozimiga kirishishi oldidan qasamyod qabul qilishi lozim bo`ladi. Uning faoliyat boshlashi AQShning Germaniya bilan Ukraina tegrasidagi vaziyat bo`yicha bahsli munosabati sharoitiga to`g`ri kelmoqda.
Vashington va Berlin Ukraina tanazzuli masalasida rasman bir pozisiyada, lekin sa`y-harakatlarga ko`ra tomonlarning yaxlit yondashuvi yo`q, deyiladi xabarda.






