Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida "Xavfsiz va ravon yo`l" tamoyili asosida yo`llarda inson xavfsizligini ta`minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkaziladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yig`ilishda tizimni tubdan o`zgartirishga qaratilgan bir qator muhim vazifalar belgilab berilishi kutilmoqda.