AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o`quvchilari Vazirlar Mahkamasiga murojaat yo`lladi

'Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o`quvchilari Vazirlar Mahkamasiga  murojaat yo`lladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o`quvchilarining ta`lim muassasasida isitish tizimidagi muammolar bayon etilib, Vazirlar Mahkamasiga yo`llangan murojaat joylashtirildi.

Ushbu holat bo`yicha Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ`ibot va ma`rifat bo`limi ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, 2022 yil 7 fevral kunidan boshlab umumta`lim maktablari, professional, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim muassasalari, akademik liseylarda o`quv jarayoni an`anaviy shaklga o`tkazildi.

Texnikum direktori tomonidan 2021 yil 6 may kuni tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq muassasa binosi kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirilgan. Hozirda texnikum binosida 2 ta isitish qozonxonalari mavjud bo`lib, tabiiy gaz bilan isitiladi. 

Joriy yilning 24 yanvar kunidan o`quv jarayonlari onlayn rejimga o`tkazilganligi sababli binoning asosiy qismida isitish tizimidan vaqtinchalik foydalanilmadi, shuningdek, pedagog xodimlarga munosib sharoit yaratish maqsadida muassasa binosining tegishli qismi isitildi.

Joriy yilning 7 fevral kunidan boshlab umumta`lim maktablari, professional, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta`lim tashkilotlarida o`quv jarayoni an`anaviy shaklga o`tkazildi.

Ma`lumot uchun: texnikumda kunduzgi va sirtqi ta`lim shaklida 312 nafar o`quvchi ikki navbatda ta`lim-tarbiya olmoqda. Texnikum binosi 3 qavatdan iborat bo`lib, maydoni 2200 kv/metrni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan 6 fevral kuni texnikumning isitish qozonxonalari to`liq ishga tushurilib, hozirgi kunda barqaror ishlab turibdi.

Murojaatda ko`tarilgan muammo asossiz bo`lib, isitish tizimi bilan bog`liq masala bo`yicha o`qituvchilarda ham, o`quvchilarda ham e`tirozlar mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar