O`zbekistonda 2022/2023 o`quv yilidan boshlab maktab o`quvchilarini baholash tizimi qayta ko`rib chiqiladi. Bu haqda Respublika ta`lim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullaeva ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, milliy o`quv dasturiga muvofiq 1 va 2-sinf o`quvchilari uchun uy vazifalari olib tashlanganligi sababli uy vazifalari baholari bekor qilinmoqda. Chorakdagi yakuniy baholar joriy baholarga, yillik baholar esa choraklardagi baholarga bog`liq bo`lmaydi.
Xabarda aytilishicha, o`quvchilar topshiriqlarni yaxshi bahoga bajarmaguncha, ularga baho bermaslik tavsiya etiladi.
Qayd etilishicha, bitiruvchi sinflar uchun kasbiy talablarning bajarilish darajasiga qarab baholash tizimi joriy etiladi.






