AsosiyJamiyat

Toshkentlik haydovchi bir yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan

'Toshkentlik haydovchi bir yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilda respublika bo`yicha 95 ming nafar haydovchi 5 tadan ko`p, 9 ming nafari 20 tagacha, 700 nafari 50 tagacha, 18 nafari 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan.

Yunusobod tumanida yashovchi haydovchi 2021 yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan (230 million so`m jarima hisoblangan). Yuqorichirchiq tumanida yashovchi haydovchi 2021 yil 11 oyida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir qilib, oxir-oqibat jiddiy avariya sodir etgan. 

"Qo`pol qoidabuzarlarga jazo muqarrarligi ta`minlanishi shart" - Prezident.

    Boshqa yangiliklar