Andijon viloyati Marhamat tumanidagi o`qituvchilarning ota-onalar oldida uzr so`ragani yuzasidan Xalq ta`limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan o`rganish ishlari olib borildi.
O`rganish davomida maktab o`qituvchilari 300 dan ortiq ota-onalar oldida qadr-qimmati obro`sizlantirilib, kamsitilib, yig`lab kechirim so`rashga majburlanib, ularning qonun bilan himoyalanadigan huquqlari poymol etilib, ishchanlik qobiliyatiga zarar etkazilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar to`plandi.
Tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirdagi voqealar hamda bir qator mas`ullarning harakatlariga qonuniy baho berilishini ta`minlash uchun to`plangan hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etildi.
Mazkur masala yuzasidan qo`shimcha Axborot beriladi.






