AsosiyJamiyat

Muynoqda o`qituvchilar shanbalikka jalb etilgani rostmi? Rasmiylar izoh berdi

'Muynoqda o`qituvchilar shanbalikka jalb etilgani rostmi? Rasmiylar izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda maktab o`qituvchilarining Muynoq tumani Qazaqdarya ovuliga  shanbalikka jalb etilganligi hamda ayni damda Xalq ta`limi vaziri ham xizmat safari bilan  Qoraqalpog`istonda ekanligi yuzasidan post e`lon qilindi.

Ushbu postda keltirilgan ma`lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilindi.

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidovning Qoraqalpog`iston Respublikasidagi maktablarni o`rganish jarayoni 8 fevral kuni yakuniga etgan va undan keyin vazir 3 ta viloyatga — Xorazm, Navoiy va ayni vaqtda Samarqand viloyatiga borgan.

Qoraqalpog`istonda o`qituvchilarning shanbalikka jalb etilganligi holati ayni vaqtda nazoratga olindi va o`rganilmoqda. O`rganish yakunlariga ko`ra batafsil ma`lumot beriladi.

Shu o`rinda Xalq ta`limi vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida” qaroriga asosan, xalq ta`limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish qat`iyan ta`qiqlanganini yana bir bor eslatib o`tadi.

Mazkur qarorga ko`ra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari  tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar