Madagaskarda “Basirai” to`foni qurbonlari soni 101 kishiga etdi. Bu haqda Madagascar Tribune xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kuchli to`fonlar oqibatida ko`chkilar va uylarning qulashi oqibatida halok bo`lgan ko`pchilikni tashkil qilgan.
Avvalroq Madagaskar tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy byurosi “Basirai” tropik sikloni ta`siridan 33 kishi halok bo`lganini ma`lum qilgan edi.
Eslatib o`tamiz, Madagaskarga siklon 6 fevralga o`tar kechasi boshlangan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Madagaskarning yirik shaharlari zarar ko`rmagan. Asosiy zarba orolning sharqiy kam aholi punktlariga zarar keltirgan. Shuningdek, kuchli to`fonlar natijasida mamlakatning qishloq xo`jaligiga ham zarar keltirgan.






