Jizzax viloyati IIB hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti yollovchilarining g`oyaviy ta`siriga tushib, ularning safiga borib qo`shilishni rejalashtirgan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashagan 1999 yilda tug`ilgan X.B. 2019-2021 yillar mobaynida ishlab pul topish maqsadida xorijiy davlatlarda bo`lgan.
Bu jarayonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining yollovchilari g`oyaviy ta`siriga tushib qolib, yashash manziliga qaytib kelganidan so`ng ularning g`oyalarini 10 nafardan ortiq tengdoshlari orasida faol targ`ib qilgan.
Shuningdek, uning Suriyaga borib, xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo`shilishni rejalashtirganligi aniqlandi va ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov xarakatlari davom ettirilmokda.






