Belgiya hukumati kelasi haftadan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralarini yumshatadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, hukumat chiqaradigan yangi qarorga ko`ra, restoran va barlar cheklovsiz ishlashiga ruxsat beriladi.
"Biz ba`zi choralarni yumshatishni boshlashimiz mumkin. Barlar va restoranlarning ishlash vaqtiga to`siq bo`lmaymiz. Shuningdek, bir stolda necha kishi o`tirib suhbatlashishiga ham chekloq qo`yilmaydi", deya bayonot berdi Belgiya Bosh vaziri Aleksandr De Kros.
Endilikda Belgiyada bar va restoranlarda niqob taqmaslik, tungi klublar hamda raqs maydonchalari qayta ochilishi mumkin. Ochiq havodagi tadbirlar, shu jumladan konsertlar cheklovlarsiz o`tkazilishi mumkin bo`ladi.
Ma`lumot uchun, Belgiyada pandemiyaning butun davrida 3,4 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ushbu kasallik oqibatida esa 29,5 mingga yaqin o`lim holatlari qayd etildi.






