Kecha yurtimizda 504 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 2 nafar bemor hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 11 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233000 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Qoraqalpog`iston, 18 nafari Andijon, 12 nafari Buxoro, 8 nafari Jizzax, 15 nafari Qashqadaryo, 9 nafari Navoiy, 8 nafari Namangan, 34 nafari Samarqand, 6 nafari Sirdaryo, 21 nafari Surxondaryo, 16 nafari Farg`ona, 19 nafari Xorazm, 88 nafari Toshkent viloyati va 229 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida 856 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 216153 nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1599 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 89 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






