AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 910 330 dozasi emlash uchun topshirildi

'O`zbekistonda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 910 330 dozasi emlash uchun topshirildi'ning rasmi

O`zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 50,7 million dozadan oshdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kecha yurtimizga “Jurabek Laboratories” MChJ qo`shma korxonasida tayyorlangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 910 330 dozasi emlash uchun topshirildi.

Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 50 757 148 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

2 404 480 dozasi AstraZeneca;

38 700 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

1 341 790 dozasi "Sputnik V";

3 500 460 dozasi Moderna;

2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;

1 976 000 dozasi Sinovac;

 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 43 million doza vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar