AsosiyDunyo

Ispaniyada parranda grippi tarqalishi sababli 130 ming boshdan ortiq tovuq yo`q qilinadi

'Ispaniyada parranda grippi tarqalishi sababli 130 ming boshdan ortiq tovuq yo`q qilinadi'ning rasmi

Ispaniyada parranda grippi xavfi ortmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, hukumat rasmiylari Valyadolid yaqinidagi fermalardan birida 130 ming tovuqni so`yishga buyruq bergan. Bunga hududda parranda grippi avj olgani sabab bo`lgan.

Kasallik o`chog`i atrofida 10 kilometrlik sanitariya zonasi tashkil etilgan. Oktyabr oyidan boshlab deyarli butun Evropada, jumladan, Portugaliya, Rossiya mamlakkatlarida ham shu kabi kasallik holatlari aniqlangan.

O`tgan oyda Fransiyada 2,5 million tovuq yo`q qilingan.

Ispan mutaxassislari parranda grippi odamlarga tez tarqalishidan havotirga tushishgan. Biroq olimlar go`sht va tuxumlar xavfsiz ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar