O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 23 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 0-2° iliq va kunduzi 8-10° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; Ustyurtda 2-7° sovuq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq; cho`l hududlarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq ba`zi joylarga 2° sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarga 2° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






