Bugun, 13-fevral kuni soat 07:48 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Yangiobod ko`chasida joylashgan “Yangiobod” bozor hududida yong`in bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:52 da etib borib, yong`in soat 08:11 da o`rab olingan va soat 08:17 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida bozor hududida joylashgan oshxona, somsaxona va rastalarining taxminan 120 kv.m. maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






