Qo`qon shahrida bir erkak qorin qismini shisha bo`lagi bilan kesib, o`ziga tan jarohati etkazgani aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlanishicha, 12 fevral kuni 1987 yila tug`ilgan fuqaro M.R. akasi tomonidan Narkologiya dispanseriga olib borilgan.
U erda M.R. kuchli psixoz holatida qabul qilinib, muassasaga yotqizilgan va unga kerakli muolajalar qilingan.
Olib borilgan davo muolajalarga qaramasdan, fuqaro noixtiyoriy ravishda turli harakatlarni sodir etib, bo`lim oynalarini sindirib, o`ziga tan jarohati etkazgan va muassasadan chiqib ketgan.
Ko`chada ijtimoiy xavfli harakatlarini sodir etishni davom etib, “Aviakassa” kirish eshigi oynasini boshi bilan urib, qorin qismiga qo`lida bo`lgan shisha bo`lagi bilan jarohat etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lumot tariqasida: O`ziga o`zi tan jarohati etkazgan fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165 va 276-moddalari bilan sudlangan.
2020 yil iyul oyida narkologiya dispanserida turli narkotik va psixotrop moddalar iste`mol qiluvchi (polinarkomaniya) bemor sifatida nazoratga olingan.






