AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko`p?

'O`zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko`p?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning  1 fevral holatiga respublikamizda ro`yxatdan o`tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,8 mingtani tashkil etib, ulardan 13,4 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 474 taga oshgan.

O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo`lgan davlatlar:

Rossiya – 2 313 ta

Xitoy – 1 948 ta  

Turkiya – 1 912 ta

Qozog`iston – 1 071 ta

Koreya – 900 ta

    Boshqa yangiliklar