O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 14 fevralda kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi.
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq va kunduzi 2-4° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog`istonda 25-28 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Ustyurtda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to`zon, Navoiy viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq; cho`l hududlarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to`zon, Jizzax viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to`zon, Surxondaryo viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to`zon, Farg`ona viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.






