AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 410 milliondan oshdi

'Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 410 milliondan oshdi'ning rasmi

Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 410 242 868 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda. 

Pandemiya boshlanganidan buyon 5 810 840  kishi vafot etgan.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 77 707 349 nafar, vafot etganlar soni 919 255 nafarni tashkil qildi.

Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 631 421 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 508 655 ni tashkil qiladi.

Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 27 434 286  kishi kasallangan, ulardan 638 346 kishi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar