AsosiyJamiyat

DXX Surxondaryoda akidaparastlik g`oyalarini internet tarmog`ida targ`ib qilib kelgan shaxsni qo`lga oldi

'DXX Surxondaryoda akidaparastlik g`oyalarini internet tarmog`ida targ`ib qilib kelgan shaxsni qo`lga oldi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to`plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi.

Ma`lum bo`lishicha, boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning “Redmi 6A” rusumli telefon apparati ko`zdan kechirildi. “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi uning “arslanbey9888” profili mavjud bo`lib, unda fuqaro Rafiq Kamolovning “benomozlik, namoz mo`min kishining hujjati, namoz o`qimagan odamning hujjati yo`qligi...” mavzusidagi videoma`ruzasi va juda ko`plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi. 

 Tarqatilgan materiallar tekshirib ko`rish uchun DVD+R diskka ko`chirib olinib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaga yuborilgan.

 Qo`mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog`ida tarqatgan  videomateriallar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan bo`lib, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma`lum qilindi. 

 A.A.ning harakatida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-prosessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo`llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar