Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Yamanda jahon tashkilotining besh xodimi o`g`irlab ketilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
“Biz bu holatdan xabardormiz, ammo ma`lum sabablarga ko`ra izoh bermoqchi emasmiz”, degan u.
Avvalroq OAV Yaman rasmiylariga tayanib, “Al-Qoida” bilan aloqadalikda gumon qilingan jangarilar Yaman janubida BMTning besh nafar xodimini o`g`irlab ketgani haqida xabar bergan edi.
Ular juma kuni kechqurun Abyan viloyatida qo`lga olinib, noma`lum tomonga olib ketilgan. O`g`irlab ketilganlar orasida to`rt yamanlik va bir xorijlik bor.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yamandagi gumanitar koordinatori matbuot kotibi Rassel Giki “Birlashgan Millatlar Tashkiloti ularni ozod qilish uchun rasmiylar bilan yaqin aloqada”, - dedi u.






