AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalari soni ma`lum qilindi

'O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalari soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugungi kunda O`zbekistonda 159 ta, shu jumladan Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta`lim muassasasi mavjud. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda

  • - Universitet — 28 ta;
  • - Institut — 47 ta;
  • - Akademiya — 3 ta;
  • - Konservatoriya — 1 ta;
  • - Filial — 26 ta;
  • - Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
  • - Nodavlat OTM — 24 ta.

Davlat oliy ta`lim muassasalari tegishliligi bo`yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

  •  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi - 53 ta;
  • Qishloq xo`jaligi vazirligi - 5 ta;
  • Sog`liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
  • Madaniyat vazirligi - 9 ta;
  • Badiiy akademiya - 1 ta;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
  • Adliya vazirligi - 2 ta;
  • Transport vazirligi - 1 ta;
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
  • Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
  • Din ishlari bo`yicha qo`mita - 1 ta;
  • Qurilish vazirligi - 2 ta;
  • Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi - 3 ta;
  • Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi - 1 ta;
  • Davlat soliq qo`mitasi - 1 ta;
  • Prezident ta`lim muassasalari agentligi - 1 ta.

"Ushbu ro`yxatga harbiy va diniy oliy ta`lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan",  - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar