Avstraliya tashqi ishlar vaziri Maris Peyn yakshanba kuni Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyat keskinlashgani sababli mamlakat elchixonasini Kievdan Lvovga vaqtincha evakuasiya qilishini ma`lum qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Peynning ta`kidlashicha, hukumat “avstraliyaliklarga Ukrainani zudlik bilan tark etishni maslahat berishda davom etmoqda”.
Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison matbuot anjumanida vaziyat “juda xavfli bosqichga etganini” aytdi. Shu bilan birga, u Xitoyni Rossiya harakatlariga javob bermayotganlikda aybladi.
"Xitoy hukumati Avstraliyani tanqid qilishdan zavqlanadi . Ammo u Ukraina chegarasida rus qo`shinlarining to`planishi haqida sukut saqlamoqda", dedi Morrison.
So`nggi kunlarda ko`plab davlatlar AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya Ukraina hududiga harbiy bosqin tayyorlayapti, degan xavotirlar fonida Ukrainadagi diplomatik ishtirokini qisqartirishga qaror qildi.






