Diametri 1,3 km bo`lgan asteroid 4 mart kuni sayyoramizdan 4,8 million km dan ortiq masofada uchib o`tadi va Er bilan to`qnashmaydi. Bu haqda shanba kuni Roskosmos davlat korporasiyasida ma`lum qildi.
"Kosmik jismning diametri taxminan 1,3 km.ni tashkil etadi, ya`ni u Eyfel minorasidan to`rt baravar katta. Asteroid 4-mart kuni sayyora yaqinidan uchib o`tishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.
Roskosmos ma`lumotlariga ko`ra, asteroid Er bilan to`qnashmaydi, chunki u Erdan 4,8 million km dan ortiq masofada uchib ketadi, bu Oy va sayyoramiz orasidagi masofadan 10 barobar kattadir.
"Aslo xavotirlanishingizga hojat yo`q", - deb ta`kidladi davlat korporasiyasi.






