AsosiyDunyo

Pandemiya joriy yilda chekinishi mumkin

'Pandemiya joriy yilda chekinishi mumkin'ning rasmi

Yil o`rtalariga qadar har bir mamlakat aholisining 70 foizini emlash maqsadiga erishsa, Covid-19' pandemiyasining "o`tkir bosqichi" joriy yilda chekinishi mumkin. Bu haqda juma kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus JSST ijroiya kengashi yig`ilishida ma`lum qildi, deya qayd etadi Euronews. 

Gebreyesus so`zlariga ko`ra, "omicron" oxirgi shtamm yoki pandemiya tugashi kerak deb o`ylamaslik kerak. Tahlillarga ko`ra, yangi shtammlarning paydo bo`lishi uchun hali ham ideal sharoitlar mavjud.

Ma`lumot o`rnida, Evropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog`liq holat normallashmoqda. Shu qatori O`zbekistonda ham vaziyat barqaror tus olmoqda.  

Xabarlarga ko`ra, Italiya ko`chalarida majburiy niqob kiyish bekor qilindi. Belgiya 12 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun ochiq havoda va uyda niqoblardan foydalanishni talab qilishni to`xtatdi. Bu qaror juma kuni qirollik hukumati tomonidan, maxsus yig`ilishidan so`ng qabul qilindi. Shuningdek, tungi klublar ochilishi, bar va restoranlardagi cheklovlar ham olib tashlandi.

                                                                                                                                                     Dilbar Abdunabieva  

    Boshqa yangiliklar