Frank-Valter Shtaynmayer ikkinchi muddatga Germaniya prezidenti etib saylandi, ovoz berish jarayoni Bundestag saytida jonli efirda namoyish etildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Saylov natijalarini parlament spikeri Berbel Bass e`lon qildi.
Ma`lumot uchun, Shtaynmayer 2021 yil 28 may kuni yangi muddatga o`z nomzodini qo`yish istagini bildirgan edi.
Germaniya Sosial-demokratik partiyasi uning qarorini qo`llab-quvvatlagandi.
Germaniya prezidenti besh yil muddatga saylanadi.






