14-15 fevral kunlari Qirg`iziston hududlarida qor yog`ishi, ortidan muzlamalar, yaxmalak va yaxvonlik kuzatiladi.
Qo`shni Qirg`iziston respublikasi Gidrometeorologiya xizmati bu bo`yicha ogoxlantirish bilan chiqdi.
Xabarda aytilishicha, tog`li joylarda havo haroratining -22 darajagacha sovishi mumkin. Bu, albatta, avtomobil yo`llarida transport harakati, elektr va aloqa komunikasiyasi hamda komunal xizmat faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Qoraqalpog`istonda kuchli shamollar esishi kutilayotgani, shamolning maksimal tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.






