Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonining 193-kilometridan 263 kilometrigacha bo`lgan masofasida kuchli qor yog`moqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi habariga ko`ra, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq vaziyatlarning oldini olish maqsadida, qordan tozalash va muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib borilmoqda.
"Haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so`raymiz",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilayotganini yozgan edik.






