1

O`zbekistonda joriy hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 14.02.2022, 11:38
O`zbekistonda joriy hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta davomida kuzatilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududi bo`yicha ob-havoni janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan nam va sovuq antisiklon belgilaydi. Respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir va qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Tog`larda qor yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog`istonning, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarining ayrim joylarida kuchayish 25-28 m/s gacha etishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliqdan oshmaydi.

Hafta o`rtasigacha sovuq antisiklon ta`siri saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5° iliq atrofida bo`ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida O`zbekiston hududi bo`yicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar zaiflasha boshlaydi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 8-11° iliqqacha isitadi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

14 fevraldan 18 fevralgacha respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1