1

Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi va SSB bo`lim mudiri o`rinbosari qo`lga tushdi

Jamiyat 14.02.2022, 12:24
Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi va SSB bo`lim mudiri o`rinbosari qo`lga tushdi

Namangan viloyatida fuqaroni hamshiralikka ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan hamshira va uning sherigi mudir o`rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyati perinatal markazi hamshirasi M.S. fuqaro F.ni sog`liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali Kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasiga qarashli “Maxsus zaxira bazasi” bo`limi mudiri o`rinbosari A.A. hamshira M.S.dan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1