Hukumat 2020-yil iyun oyidan beri Xitoy ilovalarini bloklamoqda, birinchi bo`lib TikTok, WeChat va Weibo ularni taqiqlagan, deya yozmoqda "TechCrunch"ga tayanib "Spot"
Taqiqlangan ilovalar orasida Xriver o`yinini tezlashtirish xizmati, NetEase kompaniyasining Onmyoji Arena o`yini, Sweet Selfie HD foto muharriri, Beauty kamerasi, Viva Video Editor video muharriri va ilovaga parol qo`yish, TechCrunch va mahalliy hind tilini yozish imkonini beruvchi AppLock xizmati bor.
Rasmiy ravishda Hindiston hukumati blokirovka haqida hali xabar bermagan.
Ro`yxatda 54 ta ilova bor, biroq ularning ko`pchiligi Hindiston ilgari taqiqlagan boshqa ilovalarning klonlaridir, deya ta`kidlaydi nashr.
2020 yil iyun oyida mahalliy hukumat TikTok, WeChat, Weibo jami 59 ta Xitoy ilovasini taqiqlagan.
O`shanda ular bu xizmatlar “Hindiston suvereniteti va yaxlitligiga ziyon etkazadi” deb tushuntirishgan.
Sentyabr oyida Hindiston Xitoyning 118 ta ilovasini, jumladan PUBG Mobile va Baiduʼni blokladi. Rasmiylarning fikricha, bu xizmatlar milliylikka tahdid soladi.






