1

Maktablardagi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va o`quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi

Jamiyat 14.02.2022, 13:45
Maktablardagi kechki tadbirlarga pedagog xodimlar va o`quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi

So`nggi kunlarda ayrim hududlarda o`qituvchilarni maktab muassasalarida dars jarayonidan tashqari kechki vaqtlarda turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarga jalb etilayotgani haqida Xalq ta`limi vazirligiga ko`plab murojaatlar kelib tushmoqda. 

Ushbu murojaatlar yuzasidan Xalq ta`limi vazirligi o`z munosabatini e`lon qildi.

Maktablarda o`qish jarayonidan tashqari vaqtlarda o`tkazilayotgan mazkur tadbirlar uyushmagan va ta`lim bilan band bo`lmagan (18-30 yosh) yoshlarga mo`ljallangan bo`lib, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar etakchilari mas`ul etib belgilangan.  

Bunda Xalq ta`limi vazirligiga maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) oqilona foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun “ma`naviyat maskani”ga aylanishini ta`minlash vazifasi yuklatilgan.  

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq ta`limi vazirligi barcha hududiy boshqarmalarga ushbu tadbirlarga maktab ma`muriyati, pedagog xodimlar va maktab o`quvchilarini majburan jalb etilishi qat`iyan ta`qiqlanganini ma`lum qiladi.

Shu o`rinda Xalq ta`limi vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan, xalq ta`limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb qilish qat`iyan ta`qiqlanganini yana bir bor eslatib o`tadi.  

Mazkur qarorga ko`ra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari  tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan, deyiladi Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan ma`lumotda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1