AsosiyJamiyat

Parij-2024 Olimpiyasida sovrindor bo`ladigan o`zbekistonlik sportchilarga necha pul berilishi ma`lum qilindi

'Parij-2024 Olimpiyasida sovrindor bo`ladigan o`zbekistonlik sportchilarga necha pul berilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

“O`zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki olimpiya va paralimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e`lon qilindi. Bu haqda O`ZA xabar bermoqda.  

Qarorga ko`ra, 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo`lib o`tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi:

oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari;

Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar