AsosiyJamiyat

2024 yilgi Olimpiyada sovrindorlari uchun pul mukofotlari belgilandi

'2024 yilgi Olimpiyada sovrindorlari uchun pul mukofotlari belgilandi'ning rasmi

“O`zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to`g`risida”gi Prezident qarori imzolandi.

 Qarorga ko`ra, 2024 yil Parij shahrida bo`lib o`tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi:

  • oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.

Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada o`tkazilayotgan sport musobaqalari, o`quv-mashg`ulotlar yig`inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo`yicha terma jamoa a`zolarining ishtirokini ta`minlash uchun viloyatlararo yo`nalishlar bo`yicha (temir yo`l va aviachipta) transport xarajatlariga 2022 yil 1 martdan 2024 yil 1 sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar