Prezidentimiz sohaga mas`ul “O`zavtosanoat” AJ raisi Sh.Umurzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va aholimizning talabini to`liq qondirish bo`yicha tinimsiz ishlashi shartligi ko`rsatib o`tdi.
Shuningdek, jahonda mikrochiplar ishlab chiqarish va xalqaro logistika bilan bog`liq muammolardan kelib chiqib yangi yondashuv va echimlar topish zarur.
Umuman, mashinasozlik tarmog`i sanoatning “drayver” sohalaridan biri bo`lishi kerakligi ta`kidlandi.
Bu borada, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida avtomobil ishlab chiqarishni 1,4 barobarga, eksportini esa 2 barobarga oshirish belgilab olingan.
Shu munosabat bilan 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to`liq bartaraf etish, "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to`lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasi qo`yildi.
Shuningdek, Sh.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yo`lga qo`yib, sun`iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo`q qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.






