AsosiyJamiyat

Import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalari ikki barobarga kamaytiriladi – Prezident topshirig`i

'Import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalari ikki barobarga kamaytiriladi – Prezident topshirig`i'ning rasmi

Yig`ilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta`kidlandi.

Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni o`z vaqtida etkazib berish bo`yicha nazorat o`rnatish topshirildi.

"Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo`yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda", dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo`yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berildi.

Soha rahbarlariga 2022 yilda:

- tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import o`rnini bosish;

- 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni o`zlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;

- 336 million dollarlik investisiyalarni o`zlashtirib, 3 ta loyihani (“Tracker”, “Onix” va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar