AsosiyJamiyat

Toshkentda 25 yoshli yigit uyidan chiqib ketib qaytib kelmadi

'Toshkentda 25 yoshli yigit uyidan chiqib ketib qaytib kelmadi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tuman, 15 kvartalda istiqomat qiluvchi Abbos G`ulomov bedarak yo`qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.

Ma`lum qilishinicha, Abbos G`ulomovning 12 fevral kuni to`y marosim o`tkazilishi rejalashtirilgan. U to`y kuni ertalab uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan.  

Yaqinlarining aytishicha, uning telefonlari o`chiq. To`yga hamma tayyorgarliklarni ko`rganlar.  

“Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxsning turar joylari to`g`risida ma`lumot bo`lsa, eng yaqin ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz”,   deyiladi IIB xabarida.

    Boshqa yangiliklar