Yig`ilishda qishloq xo`jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo`yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga byudjetdan 100 milliard so`m mablag` ajratilgani ham ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uch oy muddatda “Texnolog” va “Agregat” zavodlari asbob-uskunalarini “Chirchiq klasteri”ga ko`chirib, qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar to`liq yakunlashga ko`rsatma berildi.
“Bu degani “Chirchiq klasteri” 2023 yildan to`liq ishlashni boshlashi kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Soha rahbarlari oldiga joriy yilda qishloq xo`jaligi mashinasozligida:
- qishloq xo`jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;
- ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish;
- eksportni 15 million dollarga etkazish vazifasi qo`yildi.
Yig`ilish yakunida davlatimiz rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga "UzAuto Motors" kompaniyasi tomonidan avtomobil etkazib beriladigan aniq sana ko`rsatilgan xabarnoma yo`llash bo`yicha topshiriq berdi.






