O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
"Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi an`anaviy do`stona va ko`p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo`lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman", - deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.






