1

Navoiyda "Cobalt" pastlikka tushib ketdi

Jamiyat 14.02.2022, 23:11
Navoiyda "Cobalt" pastlikka tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Xatirchi tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lum qildi. 

2022 yil 14 fevral kuni soat 16:00 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, "Navbahor" MFY hududidan o`tgan 4P-56a avtomobil yo`lining 2-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan F.P. "Xatirchi-Oltinsoy" yo`nalishida "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`ldan chiqib ketib, transport vositasi pastlikka tushib ketgan.

Ushbu ko`ngilsiz hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1