1

Toshkentda viloyatida ikkita avtomobil o`rtasida YTH sodir bo`ldi. Natijada...

Jamiyat 15.02.2022, 00:13
Toshkentda viloyatida ikkita avtomobil o`rtasida YTH sodir bo`ldi. Natijada...

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Chirchiq shahrida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lum qildi. 

2022 yil 12 fevral kuni soat 23:00 larda, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Navoiy va Furqat ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 2001 yilda tug`ilgan J.G`. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1977 yilda tug`ilgan D.N. boshqaruvidagi "Epica" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. To`qnashuv natijasida "Lacetti" avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan. Shundan so`ng avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida, ikkala haydovchi va "Lacetti" avtomobilida bo`lgan yo`lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1