Portugaliya hukumati yog`ingarchilik kamligidan kelib chiqqan so`nggi 20 yildagi eng dahshatli qurg`oqchilik tufayli shoshilinch choralar ko`rmoqda. Buhaqda euronews xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, qurg`oqchilik tufayli suv omborlarida suv kamaymoqda va fermerlar hamda mahalliy aholini tashvishga solmoqda.
Mamlakatdagi elektr energiyasining 30 foizi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, beshta stansiyada ishlab chiqarish to`xtatildi.
Xuddi shu kabi holat qo`shni Ispaniya ham kuzatilmoqda. Mamlakat qurg`oqchilikdan aziyat chekmoqda. Ba`zi hududlarda qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun suv omborlarida allaqachon suv tanqisligi yuzaga kelgan. Olimlarning aytishicha, bu qurg`oqchilik global iqlim o`zgarishi tufayli yuzaga kelmoqda.
Meteorologlar yaqin kunlarda vaziyat yaxshilanmasligidan ogohlantirmoqda. Portugaliya va Ispaniya hukumatlari inqirozga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda.






