Kecha, dushanba kuni Germaniya harbiy-havo kuchlari Rossiya va Ukraina o`rtasida ehtimoliy urushdan qo`rqib, 70 nafar nemis askarini Litvaga etkazib berdi. Ma`lumotga ko`ra, ular umumiy hisobda 950 kishiga etkazilishi kutilmoqda. Bu haqda OAV yozmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya diplomatik harakat qilishda davom etmoqda. Mamlakat kansleri kecha Kievga keldi va Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muzokaralar olib bordi. Sholsning ta`kidlashicha, Rossiya uyushtirishi mumkin bo`lgan bosqin uning uchun dahshatli iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
"2 milliard dollardan ortiq yordam bilan biz Ukraina iqtisodiyotini yanada mustahkam va mustaqil qildik. Chet el ta`siriga qaramay, uning barqarorligini ta`minlashga yordam berdik. Sizni ishontirib aytamanki, biz xuddi shunday qat`iyat bilan bu yordamni davom ettiramiz"- deydi Olaf Shols.
Qayd etilishicha, rahbar Ukrainaning NATOga kirishi mumkinligi haqida ham so`z yuritgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Amerika va Evropa diplomatlari Kievni tark etayotgani xaqida xabar bergan edik.






